

Eldor Shomurodov: “0:5 - yirik mag'lubiyat, lekin borimizni berib o'ynadik. Portugaliyadek kuchli jamoaga qarshi bahsda boringni berishing kamlik qilishi mumkin, omad ham kelishi kerak, chunki raqib safida individual kuchli futbolchilar ko'p. Yirik hisobdagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz.
Kongo D.R.ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Bugun hammasi yaxshi bo'lsa, Kongo D.R.ni mag'lub etish uchun maydonga tushamiz.



