Janni Infantino Florentino Peres haqida: "Real" sizning qo'l ostingizda yanada yorqin kelajakka ega bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2026, 14:08
FIFA prezidenti Janni Infantino Chempionlar ligasi finalida "Real" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Janni Infantino Budapeshtda o'tgan final bahsida Florentino Peres bilan suhbatlashganidan mamnun ekanini bildirgan.

Infantino Peresning futbolga qo'shgan hissasi va ta’siri juda katta ekanligini ta'kidlab, unga qilingan ishlar uchun minnatdorlik bildirgan.

FIFA rahbari "Real" o'z prezidenti qo'l ostida jahon arenasida porlashda davom etishiga va jamoani yanada yorqin kelajak kutayotganiga ishonch bildirgan.

Infantino "Real"ning FIFA tarixidagi o'rnini eslatib, klub 122 yildan ko'proq vaqt oldin FIFAni tasis etgan ettita jamoadan biri bo'lganini qayd etgan.

Shuningdek, 36 karra Ispaniya chempioni bo'lgan madridliklar klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgani va butun dunyodagi muxlislarni birlashtirib kelayotgani alohida takidlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.instagram.com/p/DZHCqsygpVg/?igsh=cTYxYzV6c3FpMXVq