Roberto Martines: "Natijadan juda mamnunman"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 01:17
Portugaliya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan (5:0) so'ng Roberto Martines bahs haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Shunday vaqtlar bo'ladiki, turnirda o'sishga erishish uchun birinchi o'yindagidek sinovli bahs kerak bo'ladi. Bugun biz avvalgidek shijoat va sadoqat bilan o'ynagan, lekin kattaroq bosiqlik ko'rsatgan jamoani ko'rdik, chunki bu endi ochilish o'yini emasdi. Natijadan juda mamnunman." - Roberto Martines, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

"Men juda ham xursandman. Lekin men uchun eng muhimi - bajargan ishimiz va ko'rsatgan ishonchimiz. Jamoa juda yaxshi o'ynadi va ancha o'sdi. Maqolda aytilganidek, har bir yomonlikning ortida bir yaxshilik bor. Shaxsan men uchun rekordlar har doim yoqimli, ammo mening asosiy maqsadim - doimo milliy terma jamoamizga o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishda yordam berish." - Krishtianu Ronaldu, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA