

Insayder Ben Jeykobsning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari ham ushbu futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Manbaning so'zlariga ko'ra, "Vest Xem" 21 yoshli portugaliyalik futbolchini 2025 yilning avgust oyida "Sautgempton"ga to'langan 44 million evro + 4,5 million evro miqdoridagi mablag'dan ikki barobar qimmatroq baholamoqda. Ma'lum qilinishicha, Fernandeshning shartnomasida jamoa APLdan chiqib ketgan taqdirda sotib olish majburiyati haqida band yo'q, biroq uning sotib yuborilishi kutilmoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, "Vest Xem" uning transferidan 116 million evrodan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi. Yakunlangan mavsumda Fernandesh barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



