Rustam Ashurmatov: "Himoyachi sifatida 5 ta o'tkazib yuborilgan golni hazm qilish qiyin bo'lyapti"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 02:05
Portugaliya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan (5:0) so'ng Rustam Ashurmatov bahs haqida to'xtaldi.

Rustam Ashurmatov: “Yutamizmi, mag'lub bo'lamizmi, Portugaliyaga qarshi bahs - har qanday holatda ham katta tajriba, lekin 5 ta o'tkazib yuborilgan gol juda ko'p. Himoyachi sifatida buni hazm qilish qiyin bo'lyapti. Hali uchinchi o'yinmiz ham bor. Bu mag'lubiyatni unutishga urinishimiz kerak.

Dastlabki ikkita bahsda juda ko'p gol o'tkazib yubordik. Bu ko'proq himoyachilarning xatosi. Uchinchi uchrashuvda imkoniyat qolishiga va keyingi o'yinda g'alaba qozonishga umid qilamiz.

G'anievning golida fol 50-50 deb o'ylayman. Agar hakam uni hisoblaganida portugaliyaliklar ko'p ham etiroz bildirmagan bo'lishardi”.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia