Abbosbek Fayzullaev: "G'anievning goli hisoblanganda, o'yin boshqacha bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 02:09
Portugaliya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan (5:0) so'ng Abbosbek Fayzullaev bahs haqida to'xtaldi.

"Bugungi o'yin judayam qiyin o'tdi. Hisob biz xohlagandek bo'lmadi. Bundan judayam xafamiz, chunki boshqacha o'ynashni xohlagandik. To'g'risini aytish kerak, Portugaliya bizdan yaxshiroq o'ynadi va bu maydonda o'z isbotini topdi. Shunga qaramasdan oxirigacha harakat qildik. Bizda ko'p vaqt yo'q, bu o'yinni unutib, Kongo DRga qarshi o'yinga diqqatimizni qaratishmiz kerak, chunki bizni muhim o'yin kutib turibdi.

Hali guruhdan chiqishga imkoniyatimiz bor. Bu guruhdagi eng muhim o'yin bo'ladi. Xudo xohlasa, bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.

G'anievning goli hisoblanganda, o'yin boshqacha bo'lardi, chunki gol motivaciyamizni oshirgandi, lekin hakamlar to'g'ri qaror qabul qilishgan bo'lsa, ularga shikoyatim yo'q.

Bugun ko'p vaziyatlar yarata olmadik. Raqib hujumchilarining darajasi muhim rol o'ynadi. Dunyodagi eng kuchli yarim himoyaga ega terma jamoaga qarshi o'ynadik. Bu biz uchun katta tajriba bo'ldi. Bu o'yin haqida o'ylashga vaqt yo'q, oxirgi o'yinga tayyorlanamiz.

Lekin bir narsani aytmoqchiman, men o'zbek ekanligimdan va terma jamoa sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman.

G'alaba qozongan o'yinlarda ham, mag'lub bo'lgan o'yinlarda ham barchamiz O'zbekiston uchun o'ynaymiz” - dedi Fayzullaev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia