

Issiqko'lda tashkil etilgan yig'inning so'nggi qismida samarqandliklar Qirg'iziston Birinchi ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Namis" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Mazkur bahsda "Dinamo" vakillari raqib darvozasiga javobsiz 11 ta to'p kiritib, 11:0 hisobidagi o'ta yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
"Namis" - "Dinamo" – 0:11
Gollar: Hojimirzaev 4, 12, 34, 72, Abdurahmonov 17, 29, Obloqulov 41, O'rmonjonov 56, Xalilov 63, 85, Jeparov 77.
Jamoa rejasiga ko'ra, futbolchilar 13 iyuldan boshlab Samarqand shahrida navbatdagi rasmiy uchrashuv uchun so'nggi tayyorgarlik bosqichiga kirishadi. Eslatib o'tamiz, "Dinamo" O'zbekiston Superligasining 12-turi doirasida 18 iyul, shanba kuni Navoiyda "Qizilqum" jamoasi mehmoni bo'ladi.



