Rasman: OKMK xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 16:51
Yozgi transfer oynasi doirasida OKMK futbol klubi yangi legioner bilan shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsumni Ruminiyada o'tkazgan xorvatiyalik vinger Ivan Peshich faoliyatini endilikda OKMK safida davom ettiradi.

Ivan Peshich professional faoliyati davomida Yevropaning bir qator klublari safida to'p tepgan. U Xorvatiyaning U-19 terma jamoasi safida harakat qilgan bo'lib, Ruminiyaning Dinamo (Buxarest) va Kindiya (Tirgovishte), Ukrainaning Vorskla (Poltava) hamda Belarusning Dinamo (Minsk) klublari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, futbolchi Qozog'istonning Shaxtyor (Karaganda), Kaspiy (Aktau) va Qaysar jamoalari safida ham muvaffaqiyatli to'p tepgan.

Klub va 1992 yilda tug'ilgan xorvatiyalik vinger Ivan Peshich o'rtasida joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати