

Bu haqda insayder Ekrem Konur o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
Barselona rahbariyati futbolchining transferidan 30 million evrodan ortiq mablag' ishlab olishni ko'zlamoqda. Shuningdek, yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni Premer-liganing boshqa vakillari - Aston Villa, Nyukasl, Everton, Fulxem va Brayton klublari ham faol kuzatib bormoqda.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Mark Kasado barcha turnirlarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 18 million evroni tashkil etadi.


