Ulug'bek Bakaev: "Birinchi bo'limda to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik “Xorazm”da bo'ldi"

Administrator
10 sen 2026, 23:38
"Xorazm" hamda "So'g'diyona" o'rtasida o'tkazilgan Superliga bahsidan (0:0) so'ng mehmonlar ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ulug'bek Bakaev: “Birinchi muammo bu - sun'iy maydon. Birinchi bo'limda to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik “Xorazm”da bo'ldi. Vaziyatlar yaratishdi, bizning o'yin o'xshamadi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yin jonlandi, o'zgarishlar yordam berdi, hujumlar tashkil qildik. Durang - ikkala jamoa uchun adolatli natija bo'ldi. Yigitlarga rahmat aytaman, “Xorazm”ga esa keyingi bahslarda omad tilayman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia