

Eyndxovendagi "Filips" stadionida mezbon PSV Ukrainaning "Shaxtyor" klubini qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 45-daqiqada "Shaxtyor"ning venesuelalik yarim himoyachisi Gleyker Mendosa hisobni ochgan bo'lsa, 48-daqiqada PSV himoyachisi Serdjino Dest muvozanatni tikladi. Musobaqaning 2-turida PSV 13 oktyabr kuni safarda "RB Leyptsig" bilan o'ynasa, "Shaxtyor" 14 oktyabr kuni Gretsiyaning AEK klubiga qarshi maydonga tushadi.
PSV - “Shaxtyor” 1:1
Gollar: Dest 48 - Mendosa 45.
Istanbuldagi "Ulker Fenerbaxche Shyukryu Sarajoglu" stadionida esa mahalliy "Fenerbaxche" va Italiyaning "Roma" jamoalari o'zaro hisob-kitob qilishdi. Ushbu bahs ham 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Birinchi taym oxirida "bo'rilar" yarim himoyachisi Brian Kristante hisobni ochdi. 48-daqiqada esa "Fenerbaxche" himoyachisi Archi Braun javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.
Keyingi turda "Fenerbaxche" 14 oktyabr kuni "Aston Villa" bilan bahs olib borsa, "Roma" shu kuni o'z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qiladi.
"Fenerbaxche" - “Roma” 1:1
Gollar: Braun 48 - Kristante 39.



