Ulug'bek Bakaev: "Durang ham biz uchun yaxshi natija bo'lardi"

Administrator
18 avg 2026, 22:52
Superliga 18-turdan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- O'yingacha bahs qiyin kechishini bilardik. Buni raqibdan kelib chiqib aytmayapman, balki har to'rt-besh kunda maydonga tushayotganimiz bois jamoamning jismoniy holati sabab aytyapman. O'yinlardan keyin tiklanish og'ir kechyapti. Bugungi bahs ham og'ir bo'ldi.

Raqib xatosidan foylalanib gol urdik. Birinchi taymda teng kurash kechdi. Dorievning mahorati sabab gol urdik. Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" vaziyatni tenglashtirdi. Ular yana gol urishi mumkin edi. Bizda zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi va g'alaba to'pini kiritdik. Yigitlarga o'yin uchun rahmat.

To'g'risini aytsam, bugun durang ham biz uchun muvaffaqiyatli natija bo'lardi. Chunki "Qizilqum" jiddiy qarshilik ko'rsatdi, bu jamoaga keyingi turlarda omad tilab qolaman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia