

- O'yin haqida fikringiz?
- O'ylaymanki, bugun ikkita teng kuchli jamoa o'zaro bahs olib bordi. Har ikki jamoa to'pni nazorat qilishga harakat qilib, vaziyatlar yaratishga urindi. Birinchi taymda ham, ikkinchi bo'limda ham deyarli bir xil ssenariy takrorlandi. To'g'risi, men o'yin 0:0 hisobida yakun topsa kerak deb o'yladim. Lekin Dorievning chiroyli goli jamoamizga g'alaba keltirdi. G'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. "Andijon" jamoasiga keyingi bahslarda omad. Endi biz navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.
- Doriev oxirgi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatib kelmoqda va gollar uryapti. Dorievsiz jamoani qanday tasavvur qila olasiz?
- Ayni paytda Doriev jamoamizda o'ynayapti va ko'p foyda keltiryapti. Dorievsiz qanday o'yin namoyish etishimiz haqida hozir biron gap ayta olmayman. Agar usiz o'ynab ko'rsak, shundan so'ng gapirishim mumkin. Biz o'yinchilarimizning kuchli-kuchsiz tomonlarini bioamiz. U o'zini yaxshi ko'rsatishi uchun kerak paytda bazi ishlardan ozod qilganmiz. Hozircha unda hammasi yaxshi ketyapti.
- O'yin oxirlarida Golban jarohat oldi. Uning holati qanday?
- Bu borada shiflkorimiz bilan hali to'liq gaplashmadim. MRT qilgach hammasi oydinlashadi deb o'ylayan. Menimcha, bu jarohat og'ir emas. Tez orada safimizga qaytishiga kmid qilamiz.



