

40 yoshli golkiper 2026/27 yilgi mavsumning umumiy bosqichi 1-turida "Bude-Glimt"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bu Noyerning Chempionlar ligasidagi 18-mavsumi bo'ldi.
Noyer ushbu natija bilan turnir tarixida, jumladan Yevropa chempionlar kubogi davrini ham hisobga olganda, nemis futbolchilari orasida rekordchiga aylandi. U "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Tomas Myullerning 17 mavsumlik natijasidan o'zib ketdi.
Noyer 2013 yilda "Bavariya" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.



