

Sergey Tokov: “Bu bahsni jangari durang deb atab bo'lmaydi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarga ega bo'ldik, ustunlik qildik. Muxlislarni xursand qilishga urindik. Yigitlarga etiroz yo'q. Yetishmagan yagona narsa mahorat bo'lsa kerak. To'p darvozaga kirishni xohlamadi, raqib ham yaxshi himoyalandi”.
- Bugungi bahs uchun rejangiz necha foizga amalga oshdi?
- Faqat gol yetishmadi desam xato bo'lmasa kerak. Yigitlar sovuqqonroq bo'lishi kerak. Hozir futbolchi olish, tarkibni kuchaytirishga imkon yo'q. Jamoamiz bugun raqibdan yaxshiroq o'ynadi. Chuqur himoyalanadigan raqibga qarshi o'ynash qiyin.



