Tuxel nima sababdan Palmer va Fodenni JCH uchun Angliya terma jamoasiga chaqirmagani ma'lum - The Sun

23 may 2026, 08:30
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer va "Manchester Siti" a'zosi Filip Fodenni 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirmadi, chunki u ularning shaxsiy fazilatlariga shubha qilmoqda.

Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, germaniyalik mutaxassis turnirda ishtirok etishi kerak bo'lgan futbolchilarning fel-atvorini o'rganishga alohida e'tibor qaratgan. Palmer va Foden uning jamoasiga to'g'ri kelmaydi.

Shu bilan birga, Tuxel "Nyukasl" himoyachisi Den Byorn va "Brentford" yarim himoyachisi Djordan Xenderson muxlislar o'rtasida u qadar mashhur bo'lmasalar-da, terma jamoa ichida zarur ta’sir kuchiga ega ekanliklarini takidlamoqda. Ikkala futbolchi ham milliy jamoaga chaqirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun