

27 yoshli argentinalik futbolchi jamoasi gollaridan biriga mualliflik qildi.
"Samimiy bo'lishga harakat qilaman. Bu menga biroz engil tortishimga yordam berdi. Bu yerdagi eng so'nggi kunimgacha doim bir xil inson bo'lib qolaman - bu ikki yil bo'ladimi, undan ko'proqmi yoki ertaroqmi, farqi yo'q. Eng so'nggi kunimgacha bor kuchimni beraman. Bu klubda bo'lish menga chindan ham yoqadi va hozirgi kun bilan yashayotganimdan juda baxtliman.
Golli vaziyatmi? Odatda bunday poziciyalarga chiqib qolsam, zarba berishni yaxshi ko'raman. Bu unchalik tez-tez sodir bo'lmaydi, ammo men baxtliman, chunki gol urishni yoqtiraman. Chiroyli gol bo'ldi va u jamoa uchun muhim edi, men istagan narsa ham aslida shu", – deya futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.
Mak Allister 2023 yilning iyul oyidan beri "Liverpul"da o'ynab kelmoqda, uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.



