

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, assotsiatsiya germaniyalik mutaxassisni iste'foga chiqarish niyatida emas. U terma jamoada kamida amaldagi shartnomasi yakunlanadigan 2028 yilga qadar faoliyatini davom ettiradi.
Alohida aytish joiz, Angliya 2028 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi to'rtta davlatdan biri bo'lishiga qaramay, turnirning final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olmaydi. U ham xuddi qolgan uchta mezbon terma jamoa kabi saralash bosqichida ishtirok etishga majbur.



