Osiyo o'yinlari-1998. O'zbekiston braziliyalik murabbiy qo'l ostida o'z tarixidagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritgan musobaqa

Iskandarov Abdulaziz
10 sen 2026, 16:20
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bir necha kundan so'ng Yaponiyada Osiyo o'yinlaridagi yurishini boshlaydi.

O'zbekiston terma jamoasi o'zining bu musobaqadagi ilk ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan yodda qolgan va hamon biz uchun faxr tuyg'usini berib kelayotgani ham bor gap. Xirosima yashil maydonlaridagi chempionlikdan so'ng navbat Tailanddagi Osiyo o'yinlariga edi.

O'zbekiston terma jamoasining musobaqada qatnashgan tarkibi: Pavel Bugalo, Oleg Belyakov, Andrey Ryazancev, Rustam Shoymardonov, Mirjalol Qosimov, Eduard Mamotov, Andrey Fyodorov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Nikolay Shirshov, Igor Shkvirin, Andrey Akopyanc, Aleksey Syomyonov, Baxtiyor Qambaraliev, Sergey Lushchan, Rashidjon G'ofurov, Nematullo Quttiboev, Shuhrat Rahmonqulov, Aleksandr Sayun

photo_2026-09-10_15-33-56.jpg

Fransiyadagi mundialga yo'llanmani boy berib qo'ygan terma jamoamizni galdagi jiddiy va rasmiy musobaqa kutib turardi. Boshqaruvni o'z qo'liga olgan braziliyalik Vega Da Silva Tailanddagi Osiyo o'yinlariga futbolchilarni tayyorlaydi.

Mazkur turnirda futbolchilarimizning imkoniyatlari yuqori chamalandi. Chunki, vakillarmiz amaldagi chempion sifatida tashrif buyurishayotgandi. To'rt yil oldin ilk bor musobaqada qatnashgan jamoamiz barchani lol qoldirib oltin medallar bilan yurtimizga qaytishgani hali esadan chiqib ulugurmagandi. Ammo, 1998 yilgacha rahbariyat, murabbiylar shtabi, futbolchilar ko'p narsa o'zgarib ketganini unutmaslik joiz. Har holda avvalgi irodali jamoadan deyarli biron-bir narsa qolmagan edi. Tarkibda esa yangi nomlar, yoshlar ham bor edi.

e1f5d09c2431ba2da9ca5301586d7.jpeg



Qur'a natijalariga ko'ra jamoamiz Kuvayt va Mo'g'uliston bilan “G” guruhida joy oldi. Ilk turda jamoamiz Kuvayt bilan 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.

So'ngra Kuvayt Mo'g'ulistonni 11:0 hisobida taslim qildi. O'sha musobaqada guruh ikki bosqichdan iborat edi. Bizdan guruhdan ikkita jamoa keyingi guruh bosqichga chiqardi. Biroq birinchi o'rinni egallash juda ham muhim edi. Shu bois terma jamoamiz so'nggi turda Mo'g'ulistonni kamida 12 to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak edi. O'sha o'yinga qadar O'zbekistonning eng yirik g'alabasi Kambodja ustidan qo'lga kiritilgan 6:0 edi.


Mo'g'uliston bilan bellashuvga jangovar ruhda chiqib kelgan hamyurtlarimiz ilk daqiqalardanoq mo'g'ulistonliklar darvozasi tomon hujumlar yomg'irini yog'dirishni boshlashdi. Birinchi bo'limni o'zida raqib darvozasiga 10ta gol urdik. Ochig'i raqib deyarli qarshilik ko'rsatmagan edi.

Ko'pchilik o'sha uchrashuvda Mo'g'uliston o'zining saviyasidan ham pastroq darajada o'ynaganini aytadi. Sergey Lebedov to'rtta, Igor Shkvirin uchta, Nematulla Quttiboev ikkita, Andrey Akopyanc bitta gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirishadi. Ikkinchi bo'limda esa Mirjalol Qosimov uch bor, Quttiboev bitta, Shuhrat Rahmonqulov bitta gol urib raqib darvozasi to'rini titratadi. Hisob bundan ham yirik bo'lishi mumkinligi haqida keyinchalik ko'p o'yinchilar takidlashgan. Faqat, murabbiy raqibni hurmat qilishni buyurgan.

Mazkur bosqichdan so'ng terma jamoalar to'rttadan yana guruhlarga bo'linadi. Unda jamoamiz KXDR, Hindiston, Turkmaniston kabi termalarning to'sig'idan o'tib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ammo, yarim final ostonasida Ali Dai yetakchiligidagi Erondan tarsaki qabul qiladi va yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgandi. O'yinga e'tibor beradigan bo'lsak, Ali Dai qandaydir 7 daqiqa ichida bahs taqdirini hal qilib ketgandi. Forslar yakunda turnirni oltin medallar bilan yakunlagan edi.

Barcha natijalar

Birinchi bosqich

O'zbekiston - Kuvayt 3:3

Gollar: Andrey Fyodorov 4, Aleksandr Xvostunov 67, Andrey Akopyanc 76 - Al Xuvaydi 43, Faraj Lahib 78,90

Mo'g'uliston - O'zbekiston 0:15

Gollar: Sergey Lebedev 7, 18, 38, 45, Igor Shkvirin 9, 15, 20, Andrey Akopyanc 23, Nematulla Quttiboev 29, 33, 47, Mirjalol Qosimov 53, 57, 77, Shuhrat Rahmonqulov 83.

Ikkinchi bosqich

KXDR - O'zbekiston 0:4

Gollar: Nikolay Shirshov 16,75, Igor Shkvirin 60, Andrey Akopyanc 66

Hindiston - O'zbekiston 0:2

Gollar: Igor Shkvirin 35, Shuhrat Rahmonqulov 49

O'zbekiston - Turkmaniston 1:1

Gollar: Nematillo Quttiboev 37 - Rejepmurat Agabaev 72

Chorak final

O'zbekiston - Eron 0:4

Gollar: Ali Musavi 29, Ali Dai 83,88,90

7a992b4b3448ba17dd628e4546e3f.jpeg




Osiyo o'yinlari–1998. Guruh bosqichi.
O'zbekiston – Mo'g'uliston 15:0
05.12.1998. Chiangmay. “700 yillik yubiley” stadioni. 1000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Allabergen Sapaev (Turkmaniston)
Gollar: Sergey Lebedev 7, 18, 38, 45, Igor Shkvirin 9, 15, 20, Andrey Akopyanc 23, Nematulla Quttiboev 29, 33, 47, Mirjalol Qosimov 53, 57, 77, Shuhrat Rahmonqulov 83.
O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Rezancev (Mirjalol Qosimov ,46), Andrey Fyodorov, Sergey Lushan, Nikolay Shirshov, Aleksandr Sayun (Shuhrat Rahmonqulov, 32), Sergey Lebedov, Rashid G'ofurov, Andrey Akopyanc, Igor Shkvirin (Aleksey Semyonov, 62), Nematulla Qutiboev.
Bosh murabbiy: Ubiraja Vega da Silva

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia