Koke: "Xulian Alvaresni tinch qo'yinglar"

Sherzod Nurmatov
10 sen 2026, 14:45
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 1-turida Madrid klubining "Liverpul"dan uchragan mag'lubiyatidan so'ng jamoatchilikni hujumchi Xulian Alvaresni tinch qo'yishga chaqirdi.

"Xulian Alvaresni tinch qo'yinglar. Bundan barchamiz charchab bo'ldik. Yigitga o'ynashga, futboldan zavq olishga va o'z ishini qilishga imkon beringlar. Umid qilamanki, sizlar unga erkin nafas olishga qo'yib berasiz va uni tinch qo'yasiz", – dedi Koke.

Iyun oyining o'rtalarida Alvares Madrid klubini tark etish istagi borligini bildirgandi. OAV tarqatgan xabarlarga ko'ra, "Barselona" Argentina terma jamoasi futbolchisini xarid qilish uchun 130 million evro sarflashga tayyor bo'lgan, biroq Madrid klubi bu taklifni rad etgan.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turida "Liverpul" LASK bilan o'ynaydi (14 oktyabr), "Atletiko" esa "Manchester Yunayted" bilan kuch sinashadi (13 oktyabr).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Movistar