Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi: O'zbekiston ikki karra chempion bilan bilan bir guruhda

Sherzod Nurmatov
10 sen 2026, 14:19
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi.

Qur'aga ko'ra, 12 ta jamoa uch guruhga bo'lindi.

"A" guruhida mezbon Tailand musobaqaning uch karra g'olibi Yaponiya, 2006 yilgi chempion Bahrayn hamda Iroq bilan kurash olib boradi.

Rekord darajadagi beshinchi sovrinni maqsad qilgan Eron "B" guruhidan joy oldi va u yerda Livan, Vetnam hamda Afg'oniston bilan to'qnash keladi.

"C" guruhida esa O'zbekiston 2015 yilgi chempion O'mon, ikki karra (2007, 2008) g'olib Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni o'zaro kuch sinashadi.

5.jpg

Har bir guruhning g'olib va ikkinchi o'rin egalari, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi ikkita jamoa chorak finalga yo'l oladi.

Musobaqaning 12-mavsumi 2026 yilning 18–28 noyabr kunlari Pxangnga provinciyasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif