

Bahs so'ngida futbolchilar o'rtasida nizo kelib chiqdi, yani mezbonlar hujumchisi Robert Levandovski va mehmonlar yarim himoyachisi Rodrigo de Paul o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.
89-daqiqada Ien Frey Levandovskini yiqitdi, biroq bosh hakam penalti belgilamadi. Shundan so'ng polshalik hujumchini yamaykalik himoyachining jamoadoshlari o'rab olishdi.

Eng faol harakat qilgan futbolchi Rodrigo de Paul bo'ldi. Argentinalik o'yinchi Robertning ko'kragidan itarib, o'z yutuqlari bilan maqtana ketdi: "Sen kimsan o'zi, ahmoq?! Men ikkita Amerika Kubogi va Jahon Kubogini yutganman, sen nima qilyapsan?!"
Levandovski jilmayib qo'ydi va raqibidan nari ketdi. Ular hakam tomonidan sariq kartochka bilan ham jazolanmadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda Levandovski "Inter Mayami" darvozasiga to'p kiritdi, Leo Messi jamoasidan esa Kazemiro gol muallifiga aylandi.



