

JCH-2026ning 3-o'rini uchun kechgan bahsda britaniyaliklar Fransiyani mag'lub etishdi (6:4).
"Menimcha, buni barchangiz ko'rdingiz. Bizda ushbu farqni qisqartirish imkoniyati bor, biroq ularda ham farqni yanada kattalashtirish imkoni mavjud.
Sakkiz yil oldin Fransiya chempion edi. To'rt yil avval esa finalda o'ynashdi. Oramizda kichik farq bor, ammo bu muammo emas. Biz bu farqni yo'qotmoqchimiz.
Kecha aytganimdek, bugungi kun o'sha farqni qisqartirish yo'lidagi birinchi qadam edi. Biz buni uddaladik. Ularni mag'lub etdik. Keyingi imkoniyat - Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi o'yin bo'ladi.
Jamoaning bunday kurashayotganini ko'rish odamga kuch bag'ishlaydi. Charchoq keyinroq seziladi. Ertaga final bo'lib o'tayotganda bizga baribir alam qiladi. Bu tuyg'uni unutish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin umuman olganda, bu vaziyat mendan kuch olib qo'yishdan ko'ra, ko'proq kuch bag'ishlamoqda", - dedi Tuxel.



