

"Tomas Tuxel menga "Chelsi"dagi faoliyati bilan juda yoqqan. U klub uchun ko'p ish qildi va men uni ajoyib murabbiy deb hisoblayman.
Ammo Angliya terma jamoasini nemis murabbiy boshqarayotgani haqidagi o'y meni hech qachon tinch qo'ymagan.
Axir biz Angliyamiz. Menimcha, Angliya terma jamoasini ingliz murabbiy boshqarishi kerak. Biz aynan shu maqsad sari intilishimiz lozim.
Balki futboli endi rivojlanayotgan kichik mamlakatlar uchun xorijlik murabbiy chaqirish to'g'ridir. Ammo Angliya kabi futbol tarixi va ananalariga ega davlat uchun vaziyat boshqacha", - dedi Koul The Rest Is Football podkastida.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 yarim finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, finalga chiqish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Bu natijadan keyin Tuxel va uning kelajagi atrofidagi muhokamalar yanada kuchaydi.



