

Bu haqda "The Telegraph" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, o'zgarishlarni amalga oshirishdan oldin germaniyalik mutaxassis "uch sherlar" futbolchilariga "yuqoriroq o'ynash" va oldinga o'tishga harakat qilish kerakligini aytgan, biroq bu sodir bo'lmagan.
Shuningdek, Tuxel 1/8 finaldagi "Acteka" stadionida Mexikoga qarshi bahs (2:3), shuningdek, 1/4 finaldagi Norvegiya bilan qo'shimcha bo'limlarga cho'zilgan uchrashuv (1:2) jamoani jismoniy jihatdan juda charchatib qo'ygan deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, Angliya foydasiga 1:0 hisobi qayd etilib turgan vaqtda, Tuxel 72-dan 82-daqiqagacha maydonga uchta himoyachini tushirgan edi. Shundan so'ng Argentina ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.



