

"Agar "Napoli" futbolchilari haqida gapiradigan bo'lsak, barcha davrlardagi eng sevimli o'yinchilarimdan biri - Kevin de Bryuyne. Menga deyarli to'rt yil davomida uni shug'ullantirish va u bilan birga ishlash baxti nasib etgan. U tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri. Va hozirgacha uning o'yinini tomosha qilish - haqiqiy zavq", – dedi Arteta.
Umumiy bosqichning 2-turida "Arsenal" "Lill" bilan to'qnash keladi, "Napoli" esa "Vilyarreal" bilan kuch sinashadi. Har ikkala uchrashuv 13 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



