

- O'yin haqida fikringiz?
- Oson o'yin bo'lmadi. "Xorazm" maydonida o'ynash og'ir. O'z muxlislari qarshisida bu jamoa juda yaxshi o'yin ko'rsatadi. Bugun bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldik va o'z vaziyatlarimizdan foydalanib g'alaba qozondik. Birinchi bo'limda 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimiz foyda berdi. Ikkinchi taymda raqib qo'shdi va bizga ko'p muammo tug'dirdi. Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Endi keyingi bellashuvga hozirlik ko'ramiz.
- Ushbu g'alabadan so'ng "Navbahor" uchun ikkinchi o'ringa kurashish imkoniyati paydo bo'ldi. Shu haqda fikringiz?
- Hammasi nasibaga bog'liq. Biz esa kurashishda davom etamiz. Mavsum yakunida ko'ramiz, nima bo'lishini. Har bir o'yinga jiddiy qarayapmiz.



