

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi o'yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, tezkor o'tkazib yuborilgan gol rejalarimizni buzib yubordi. Bu o'yinimizga katta ta’sir qildi. Shunga qaramay oxirigacha kurashdik. Ikkinchi taymda gol urib o'zimizga keldik, lekin ijobiy natija ko'rsata olmadik. Omadimiz kelmadi deb o'ylayman. Oldinda bizni yana bir muhim bahs kutmoqda. Endi shu uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.
- "Navbahor" o'yin uslubi haqida nima deya olasiz?
- "Navbahor" kuchli jamoa, sovrinli o'rinlarga harakat qilyapti, Kubokda ham yarim finalga chiqdi. Men bu jamoaga omad tilab qolaman.
- "Xorazm" jamoasi oldiga qo'yilgan maqsad haqida.
- Maqsadimiz jamoani Superligada olib qolish. Bunga hali imkoniyatimiz bor. Keyingi o'yinlarda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.



