

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi bahs juda qiziqarli o'tdi. "G'azalkent" bekorga yuqori o'rinlarda yurgani yo'q, jamoa yosh bo'lishiga qaramay shakllangan. Ularning asosiy quroli qarshi hujum ekanini bilardik. Ko'rgan bo'lsangiz, birinchi golni ham qarshi hujumda o'tkazib byubordik. So'ngra vaziyatni tenglashtirdik. Ikkinchi golni qo'yib yubordik va yana hisobni tenglashtirib o'yinga qaytdik. Futbolchilarimiz ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Vaziyatlar ko'p bo'ldi. Raqib ham yaxshi harakat qildi. Yutsak ham bo'lardi, lekin to'p darvozaga kirmadi. Umuman o'yin juda chiroyli kechdi.
- "Metallurg" ikkinchi o'rin uchun kurashayotganini hisobga olsak, bugun ikki ochko yo'qotdi desa bo'ladi. Ertaga "Sho'rtan" o'ynaydi va g'alaba qozonsa yana ikkinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Bilamizki, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa o'tish uchrashuvlarini o'zida o'tkazadi.
- To'g'ri, biz hali ikkinchi o'rindan voz kechganimiz yo'q. Bugun ham g'alaba uchun maydonga chiqqandik. To'g'ri aytdingiz, bugun ikki ochko yo'qotdik. Hali yana ikkita o'yinimiz bor va oxirigacha kurashamiz.
- Bahsning 70-daqiqalaridan keyin raqib asosan Najmiddin Normurodov o'ynagan qanotdan hujumlar uyushtirdi. Natijada Najmiddin toliqib qoldi. Unga o'rinbosar yo'qmi?
- Temp yuqori edi, shu bois faqat Normurodov emas, boshqalar ham charchadi. Raqib jamoa ham toliqib qoldi. To'rt nafar futbolchimiz jarohat sabab bugungi o'yinda ishtirok eta olmadi, shuning uchun Najmiddinga oxirigacha imkon berdik. Azizbek Abdumo'minov mashg'ulot payti jarohat oldi va shu bois bugungi o'yinni o'tkazib yubordi.



