

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda jamoamiz ko'rsatgan o'yin hamda futbolchilarimiz namoyish etgan xarakter uchun rahmat aytaman. Juda og'ir uchrashuvni o'tkazdik, g'alabaga erishish oson bo'lmadi, ammo qiyinchilikni enga oldik. Yana bir bor g'alaba uchun bizni qo'llab turgan barchaga rahmat.
- Jamoangiz bugungi o'yindan so'ng uchinchi ko'tarilib oldi.
- Shunday bo'ldiki, biz uchta uchrashuvda faqat bir ochko to'pladik. Nima uchun bunday bo'ldi? Chunki diqqatni bir joyga jamlay olmadik. Lekin hozir hammasi joyida deb o'ylayman.
- "FarDU" o'z maqsadiga erishyaptimi?
- Kuchli beshlikka kirishni niyat qilgandik. Aslida maqsadimiz har bir o'yinda maydonga tushib g'alaba qozonish. Har bir bahsga finaldek qaraymiz. "Lochin" jamoasi menga juda yoqdi. Yangi stadioni ham zo'r ekan. Bugun derbiga xos o'yin bo'ldi.



