MTJ sobiq ustozi, naqd 9 ta seyv qilgan darvozabon, iroqlik forvard - Superligada 21-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
12 sen 2026, 19:05
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 21-turining eng yaxshilarini aniqladi.

21-turning eng yaxshi darvozaboni - Farhod Rahmatov ("Qizilqum")

“Qizilqum” ortda qolgan turda “Dinamo” bilan bahs yuritib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, navoiyliklar posboni Farhod Rahmatov bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirib, hisob yiriklashib ketishining oldini oldi. U uchrashuv mobaynida naqda 9 ta seyv namoyish etdi va 2 marta havodan kelgan to'pni muvaffaqiyatli tarzda ilib olib, yuksak mahoratga ega ekanligini ko'rsatdi. Shunday qilib, aynan Rahmatov tur davrozaboni sifatida etirof etildi.

darvozabon (13).png

21-turning eng yaxshi murabbiyi - Timur Kapadze ("Navbahor")

“Navbahor” bu turda “Buxoro” maydoniga safar uyushtirib, 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Namanganliklar bahs mobaynida ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, kuchli raqiblarga bosh og'rig'i bo'layotgan “Buxoro”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ayniqsa, Kapadze shogirdlari maydon markazi ustidan to'liq nazoratni qo'lga kiritishdi. Shu tariqa, MTJ sobiq bosh murabbiyi Kapadze tur murabbiyi deb topildi. 

murabbiy (12).png

21-turning eng yaxshi futbolchisi - Ayman Hussayn ("Paxtakor")

“Paxtakor” bu turda OKMK maydonida ishonchli g'alabaga erishdi (3:1). Iroqlik hujumchi Ayman Hussayn bahsda “1+1” natijani ko'rsatdi, yani u ham “sherlar” tarkibidagi debyut golini urdi, ham golli uzatmani amalga oshirdi. Championat.asia sayti tajribali hujumchini tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rdi. 

futbolchi (12).png

21-turning eng chiroyli goli muallifi - Diyor Xolmatov ("Navbahor")

Yuqorida takidlanganidek, “Navbahor” bu turda “Buxoro” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Namanganliklarning ikkinchi goliga 69-daqiqada yarim himoyachi Diyor Xolmatov mualliflik qildi. Uning chamasi 19 metrlardan yo'llagan aylanma zarbasidan so'ng to'p yuqori o'ng burchakka borib tushdi. Shu tariqa, aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida qayd etildi. Quyida mazkur golni tomosha qilishingiz mumkin.

gol (12).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia