"Surxon"ning amerikalik futbolchisi nega maydonga tushmayapti? Murabbiy javob berdi

Оқил Абдубарноев
22 avg 2026, 21:30
"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G'ofurov yozgi transfer oynasida klubga kelib qo'yilgan AQSH fuqarosi Santyago Garsiya haqida fikr bildirdi.

"Santyago Garsiya ayni paytda biz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda, biroq u jamoa safiga biroz kechroq kelib qo'shildi. Tartib-qoidalar bilan bog'liq huquqiy masalalar sababli, futbolchi ma'lum muddat O'zbekiston hududidan tashqarida bo'lishiga to'g'ri keldi. Ishonchim komilki, u bosqichma-bosqich jamoaga moslashib, umumiy jarayonga to'liq kirishib ketadi", dedi 44 yoshli mutaxassis.

21 yoshli hujumchining shartnomasi yil yakuniga qadar amal qiladi. Uning so'nggi jamoasi Bosniya va Gertsegovinaning "Jeleznichar" klubi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia