"Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvida VARda ishlagan hakam mavsum oxiriga qadar chetlatildi

22 avg 2026, 11:16
Superliga 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi tomonidan gol urildi.

Mazkur vaziyat VAR hakami tomonidan ko'rib chiqildi. Shundan so'ng bosh hakam VAR hakamining ma'lumotiga asosan golni bekor qilish to'g'risida qaror qabul qildi.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko'ra, mazkur vaziyatda VAR hakami xatoga yo'l qo'ygan. Yani, VAR hakami bosh hakamni vaziyatni monitor orqali qayta ko'rib chiqishga chaqirmagan va shu bilan VAR protokoli talablarini buzgan.

Natijada bosh hakam vaziyatni shaxsan monitor orqali ko'rib qaror chiqmasdan, VAR hakamining ma'lumotiga asosan golni bekor qilgan.

Ravshan Abduvohidov VAR protokoli talablarini buzgani inobatga olinib mavsum yakuniga qadar VAR hakamligidan chetlatildi.


Manba: UZFHM