Leon Goretcka erkin agent sifatida APL jamoasiga o'tadi

22 avg 2026, 20:17
Germaniyalik yarim himoyachi Leon Goretcka faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. 31 yoshli futbolchi "Aston Villa" bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, kelishuvga "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emerining futbolchi bilan telefon orqali suhbatidan so'ng erishilgan.

Goretcka bir necha yillik faoliyatidan so'ng "Bavariya"ni tark etib, "Aston Villa"ga erkin agent sifatida qo'shiladi. U kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tishi va yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Goretcka "Bavariya" safida Bundesligada 31 ta uchrashuv o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano