Manba: AQSHlik hujumchi "Surxon" klubiga o'tadi

Оқил Абдубарноев
1 avg 2026, 18:24
Termizning "Surxon" jamoasi o'z tarkibini amerikalik legioner bilan to'ldirmoqda.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, 21 yoshli markaziy hujumchi Santyago Garsiya Termiz klubi a'zosiga aylanadi.

AQSH fuqarosi bo'lgan va Nyu-Yorkda tavallud topgan yosh forvard faoliyati davomida Ispaniyaning "Masarron" hamda Xorvatiyaning "Vukovar" U-19 jamoalarida to'p surgan. Santyago Garsiyaning so'nggi klubi Bosniya va Gertsegovinaning "Jeleznichar" jamoasi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla