

Mirjalol Qosimov: "Qiyin o'yin bo'lishini kutgan edik va bahs kutilganidek o'tdi. Vodiydagi uchrashuvlar hech qachon oson bo'lmagan. Birinchi bo'lim o'rtalarida o'yin tizginini o'z qo'liga oldi va vaziyatlar yaratdi. Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol bizga katta yordam berdi. Vaziyatlardan unumli foydalandik. Endi keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.
JCH sababli bo'lgan tanaffus juda katta edi. Futbolchilar barqaror o'ynaydimi, yo'qmi, havotirda edim. Yigitlardan minnatdorman, ular o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Shu bilan birga imkoniyatdan foydalanib, muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman”.
- Ikkinchi bo'limda OKMKning o'yini birdaniga yaxshi tomonga o'zgardi, bunga Abdurazzoqovning zaxiradan bahsga qo'shilgani sabab bo'ldimi?
- Men bunday demagan bo'lardim, lekin har bir futbolchi o'yinga, g'alabaga o'z hissasini qo'shadi. Chunki bu jamoaviy o'yin. Asadbek Sobirjonovning goli yigitlarga kuch bag'ishladi va bu keyingi gollarga yo'l ochib berdi. Avvalgi bahsda ham zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirgandi. Zaxiraning maqsadi ham shu aslida.
- Transfer oynasi yopilgani yo'q, jamoaga yana futbolchilarni jalb qilasizmi?
- Zo'r bo'lsa nega yo'q? Lekin ayni damda menda bor futbolchilardan foydalanaman.



