

Andrey Shipilov: “O'zingizning sevimli ishingizga bunday munosabatda bo'lish yaramaydi. Nima bo'layotganini tushunmayapman. Ikkinchi bo'limda maydonga tushdik va… Birinchi navbatda men uyalib ketdim. Bu yerda faqat murabbiy aybdor emas. Jamoa yutqizsa murabbiyni ayblashadi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ha qayerdadir ishonchli harakat qila olmadik, ammo muvozanatni tikladik. OKMK birinchi taymda qiyinchiliklarga duch keldi. Ikkinchi bo'lim oldidan hammasini tushintirdik, gaplashdik… Hozir ham ular bilan suhbatlashib chiqyapman. Katta, professional, tajribali futbolchilar, ammo ularning boshida nima borligini tushunmayapman. Natija adolatli deb hisoblayman, ishga bunday munosabatda bo'lish mumkin emas. Yaxshi shahar, muxlislari zo'r.
- Jasur Yoqubov jarohat sabab maydonni tark etdi, ko'p gol o'tkazishimiz sababi uning chiqib ketishi emasmi?
- Yoqubov “Mashal” bilan yaxshi o'ynagan edi. U jarohatini og'irlashitirib olmasligi uchun almashtirdik. Gollar sababi - xatolar zanjiri. Bunday birinchi bo'lim bilan 4 ta gol o'tkazishni hazm qila olmayman. Yigitlarga nima bo'layotganini tushunmayapman. Futbolchilar charchab qolgan bo'lsa, jismoniy holati yomon bo'lsa tushunardim, ammo unday emas.
- Transfer oynasi yopilgani yo'q, jamoaga yangi futbolchilar qo'shiladimi?
- Bu savolga men javob bera olmayman. Ma'lum bir byudjet bor. Kimdir ko'p futbolchi oladi, kimdir kam. Menga Nimeli yo'qligini aytishdi, sababini bilmayman. Kimlargadir etirozim yo'q, kimlargadir esa bor. Albatta, jamoaga yangi futbolchilarni jalb qilib, raqobatni kuchaytirgan bo'lardim. Ammo imkoniyatdan kelib chiqib ish qilamiz. Bor futbolchilar bilan ishlaymiz. Natija yo'qligi - bu juda yomon. Rahbariyat nima desa shu. Ular bilan yaxshi suhbat qurdik. Futbol - jamoaviy o'yin, ammo natija uchun murabbiy javob beradi.



