

Superliga
13-tur
"Mashal" – "Nasaf" 1:0 (LIVE)
Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Gol: Straxinya Boshnyak (Sherzod Fayziev) 18’
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Davron Ibrohimov
“Mashal”: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 18.Ilhomjon Abdig'aniev, 19.Toxir To'xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 94.Farruh Ibrohimov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 5.Komil Tojiddinov, 7.Vlatko Stoyanovski, 11.Mahmud Jo'raboev, 40.Ruhiddin Xolmatov, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 50.Drago Bumbar, 70.Azizbek Choriev, 77.Izzatillo Abdulhaqov.
“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akrom Komilov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 2.Alibek Davronov, 18.Bekjon Rahmatov, 22.Diyorbek Abdunazarov, 23.Dilshod Murtazaev, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonchbek Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev, 80.Davron Usmonov.
24. Futbolchilarga suv ichib olish uchun vaqt berildi.
23. Zarbaa! Muhitdinovning jarima zarbasi orqali oshirgan to'pini Komilov boshi bilan darvozaga yo'naltirdi, To'xtaboev o'z o'rnida!
20. Abdiraxmatov havodan pas uzatishga urindi, biroq ancha noaniq.
18. GOL! Abduraimovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pidan so'ng Fayziev boshi bilan sherigini to'p bilan taminladi, uni Straxinya Boshnyak boshi bilan darvozaga kiritdi - 1:0!
17. G'anixonov havodagi kurashda maydonga noqulay yiqildi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
16. Uuux! Bahromovning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Abdixoliqov darvozaga yo'naltirishga urindi, ammo zarba kuchsiz chiqib qoldi.
11. Uuux! Eshmurodovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, shundan so'ng Abdixoliqov ham bosh bilan to'pni darvozaga kiritishga harakat qildi, biroq bu holatda Murtozaev jamoasini qutqardi.
10. Abdiraxmatovning uzatmasidagn keyin to'p To'xtasinovga tegib maydonni tark etdi.
7. Zarba! Muhitdinovning jarimadan oshirib bergan to'pini Abdixoliqov darvoza tomon yo'naltirdi, noaniq.
4. Boshidan zarba qabul qilib olgan Straxinya Boshnyakka tibbiy yordam ko'rsatildi.
2. Uuux! O'yin yuqori tempda boshlandi. Ne'matov Ismoilovning kuchli zarbasini qaytargan bo'lsa, G'anixonov qaytgan to'pni darvozaga kiritishga urindi, ammo himoyachilar to'pni to'sib qolishdi.
1. Uchrashuv boshlandi!



