

Klubda hisoblashlaricha, bosim o'tkazish va kutish bo'yicha tanlangan taktika "Atletiko" hujumchini sotishdan bosh tortganiga qaramay, yaqin orada natija beradi. "Barsa" rahbariyati fubolchining o'zi tomonidan ko'rsatiladigan bosim hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin deb hisoblaydi. Manbaga ko'ra, Alvares 10 avgust kuni jamoaning birinchi mashg'ulotiga kelmaslik imkoniyatini jiddiy ravishda ko'rib chiqmoqda. Argentinalikning "Barselona"ga o'tish istagidan tashqari, 100 million evrolik taklifning vaqti cheklangani ham klub tomonidan bosim vositasi sifatida ishlatilmoqda. "Barselona"da vaqt o'tishi bilan "Atletiko" baribir yon berishiga ishonchi komil. Madrid klubi hamon qatiy poziciyani egallab turibdi va o'yinchini sotishdan bosh tortmoqda.



