"Lokomotiv" - "Andijon" (matnli translyatsiya)

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 20:00
"Lokomotiv" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 13-tur bahsi boshlandi.

O'zbekiston Superligasi. 13-tur

"Lokomotiv" - "Andijon" 0:0

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Shodiyor Shodiboev
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov

"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 9. Suhrob Nurulloev, 10. Shodiyor Shodiboev, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 17. Sardor Mirzaev, 18. Aleksandr Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 45. Yovan Nishich.

Zaxira: 12. Nikita Shevchenko, 5. Anzur Ismailov, 7. Quvonchbek Abraev, 8. Bilol Tupliev, 14. Nikolay Ivanov, 21. Ilya Yelichich, 22. Sunnatilla Poyonov, 61. Nurlan Ibraimov, 99. Jasurbek Yaxshiboev.

"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 6. Aleksandre Androkinashvili, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 11. Humoyunmirzo Iminov, 15. Nemanya Chalasan, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Usmonali Ismonaliev, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Bekzod Sulaymonov, 77. Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 21. Nematulloh Rustamjonov, 2. Odilbek Abdumajidov, 10. Dragan Cheran, 14. Abdurahmon Komilov, 47. Diyorbek Madaminov, 49. Zulfiqor Akbarov, 70. Hamidullo Karimov, 87. Jamshidbek Ko'paysinov, 88. Shohjahon Yorqinboev.

Ogohlantirish: Po'latxo'ja Xoldorxonov (20)

32' "Lokomotiv" burchak to'pidan uzatmadan so'ng ketma-ket hujum tashkil etdi. Biroq yakuniy zarba noaniq chiqdi va xavf bartaraf etildi.

28' Temurxo'ja Abduxoliqov havodagi kurashda ustunlik qilib, to'pni jamoadoshiga oshirdi. Sardor Mirzaev qulay imkoniyatdan foydalanib zarba yo'lladi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

27' O'yinda qisqa tanaffus (Cooling break). Havo harorati yuqori bo'lgani sababli bosh hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat berdi. Murabbiylar esa shogirdlariga ko'rsatmalar berishmoqda.

20' Maydonda sariq kartochka! Po'latxo'ja Xoldorxonov Shuhrat Muhammadievga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.

16' "Lokomotiv"dan navbatdagi xavfli vaziyat! Chap qanotdan Oleg Zoteev jarima maydonchasi ichiga ajoyib uzatma oshirdi, Diyorjon Turapov esa akrobatik uslubda zarba yo'lladi. Ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

10' GOL! "Lokomotiv" to'p kiritdi, ammo hisob o'zgarmaydi! Qanot hakami bayroqchasini ko'tardi - Mirzaev tomon golli uzatmadan oldin Temurxo'ja Abduxoliqov to'pni qo'li bilan o'ynagan deb topdi. Gol bekor qilindi.

7' "Andijon"dan tezkor qarshi hujum! Aleksandre Androkinashvili o'ng oyoqda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p nishondan balandlab o'tib ketdi.

7' "Lokomotiv" chap qanotdan xavfli hujum tashkil etdi! Maydon egalari futbolchisi jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, markazga uzatmani amalga oshirdi. Baxtga qarshi, u yerda jamoadoshlaridan hech kim topilmadi - "Andijon" himoyachisi Mahmudjon Mahamadjonov xavfni bartaraf etib, to'pni autga chiqarib yubordi.

1' O'yinga start berildi! "Lokomotiv" qizil, "Andijon" esa oq rangli liboslarda maydonga tushdi. Markazdan to'p o'yinga kiritildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Hakamlar va futbolchilar saf tortishmoqda, uchrashuv boshlanish arafasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia