Buskets "Barselona"da murabbiy bo'lib ishlamoqchi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 20:47
Buskets murabbiylik faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda.

Diario Sport xabariga ko'ra, "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlashni xohlaydi.

Yaqinda 38 yoshli ispaniyalik "Barselona"ning mashg'ulotlar bazasiga tashrif buyurdi va u yerda klub bilan "blaugrana"ning boshqa bir sobiq o'yinchisi Juliano Belletti boshqaradigan "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shilish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. "Barsa"ning zaxira jamoasi Ispaniya to'rtinchi divizionida to'p suradi.

Buskets mustaqil ravishda bosh murabbiy bo'lishdan oldin licenziya olish bilan birgalikda murabbiylar shtabida amaliy ish tajribasiga ega bo'lishni niyat qilgan.

Qayd etilishicha, klubda Buskets miqyosidagi futbolchining murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qilganiga juda ijobiy munosabatda bo'lishadi va uni kelajak uchun istiqbolli shaxs deb hisoblashadi. Biroq hozirda Busketsning o'zi ortiqcha e'tiborsiz ishlashni va tajriba to'plashni xohlaydi.

Buskets o'tgan yilning dekabr oyida "Inter Mayami" bilan MLS kubogini qo'lga kiritganidan so'ng faoliyatini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport