Superliga. "Andijon" – "Paxtakor" 1:0 (matnli translyatsiya)

Sherzod Nurmatov
1 avg 2026, 20:06
Superliga 15-turidan o'rin olgan bahs davom etmoqda.

Superliga

15-tur

“Andijon” – “Paxtakor” 1:0 (LIVE)

Andijon. “Bobur Arena”. 19:30

Gol: Akmal Mozgovoy (Bashar Resan) 34’

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Shohruh Said

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev, 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov, 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 19.Artyom Potapov, 6.Aleksandre Andronikashvili, 8.Shohmalik Komilov, 10.Dragan Cheran, 14.Abdurahmon Komilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake, 33.Doniyor Abdumannopov, 70.Hamidullo Karimov.

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov, 90.Stefan Chinedu.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 14.Rustam Turdimurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dilshod Abdullaev, 33.Quvanishbek Saydaliev, 44.Diyor Ermanov, 50.Flamarion.

37. Gol VAR orqali tekshirib chiqilmoqda. 

34. GOL! Bashar Resanning uzatmasidan so'ng Akmal Mozgovoy to'pni butsasining uchi bilan darvozaga yo'naltirib qo'ydi - 0:1!

32. Zarbaaa! Bozorovning zarbasidan keyin Adhamov uni qaytardi, qaytgan to'pni Chalasan maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

31. Sanjar Quvvatov havodan uchib kelgan to'pni qabul qilish chog'ida jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Muxlislar bunga qo'shilishmayapti va etiroz bildirishmoqda. 

30. Takroriy lavhalarga ko'ra, Damir Temirov hech qanday harakat qilmagan va bu “kontakt” penalti uchun etarli emas. 

29. Sobirxo'jaev jarima maydonchasi ichida yiqilib, hakamga qaradi, referi penaltm yo'qligini ma'lum qildi. 

26. Ismonaliev to'pni olib qo'yish ilinjida Chineduni yiqitdi. Uchrashuv hozircha faqat qoidabuzarliklar bilan esda qolmoqda. 

24. Hakam tomonidan salqinlanish vaqti e'lon qilindi. 

23. Turg'unboev havolatib amalga oshirilgan uzatmani qabul qilib oldinga intilayotgandi, biroq shu vaqtda ofsayd qayd etildi. 

20. Sobirxo'jaev qanotda Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi. 

18. Bu safar Iminov Chineduni yiqitishga majbur bo'ldi. 

15. Bo'riev Iminovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

14. Bekzod Sulaymonov qanotdan yorib kirdi, Abdumajidov so'nggi pallada to'pni uzoqlashtirishga urindi, ammo to'p Bo'rievga tegib maydonni tark etdi. 

10. Uuux! Akmal Mozgovoyning olis masofadan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

9. Uuux! Sulaymonovning to'xtatmasdan tepgan zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy olishiga bir baxya qoldi. 

8. Turg'unboevning qanotdan uzatgan pasidan keyin to'p maydonna tark etdi, Quvvatov uni maydonda olib qololmadi. 

5. Basharning havolatib oshirib bergan to'pini Adhamov urib yubordi. 

4. Zarbaa! Mahamadjonovning zarbasi rikoshet orqali darvozabonga borib tushdi. 

3. Uuux! Resanning burchak zarbasi orqali oshirib bergan pasidan so'ng Muhammadrasul Abdumajidov bosh bilan zarba berdi, Chalasan darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi!

2. Sobirxo'jaev Mozgovoy bilan paslashgan holda ichkariga pas uzatishga urindi, biroq himoyachi bunga to'sqinlik qildi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia