“Liverpul” himoyachisi Jo Gomes jarohat sabab mavsum boshini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 16:50
“Liverpul” bosh murabbiyi Andoni Iraola himoyachi Jo Gomes mushak jarohati sababli yangi mavsum boshlanishini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

Himoyachi o'tgan dam olish kunlari “Liverpul”ning “Sanderlend”ga qarshi o'rtoqlik o'yinining birinchi bo'limidayoq mushagidagi og'riq sabab maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.

3.jpg

“Joda mushak jarohati bor. Menimcha, bu hammaga aniq edi, chunki u darhol og'riqdan shikoyat qildi. Shunga ko'ra, hamma narsa uning tiklanish jarayoniga bog'liq bo'ladi, ammo u bir necha haftaga safdan chiqdi.

Bu mushak jarohati va bunday holatlarda futbolchining qancha kunga safdan chiqqanini aniq aytish qiyin. Ammo odatda bunday jarohatlar 1 oy vaqtni oladi.

Agar hammasi yaxshi kechsa, shu muddatda tuzaladi, aks holda biroz uzoqroq vaqt talab etilishi mumkin. Bu juda jiddiy jarohat emas, oddiy mushak shikastlanishi, lekin o'ylashimcha, u mavsum boshigacha safga qayta olmaydi, chunki mavsum startiga ko'p vaqt qolmadi”, – dedi Iraola.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports