

Ushbu transfer orqali qarshiliklar o'zlarining hujum chizig'idagi raqobatni yanada oshirishni maqsad qilgan.
Tajribali futbolchi ortda qolgan mavsumni Gruziyaning "Iberiya" jamoasida o'tkazgan. U mazkur klub libosida jami 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi hamda jamoadoshlariga 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gudushaurining asosiy ampluasi o'ng qanot vingeri hisoblansa-da, u maydondagi vaziyatdan kelib chiqib chap qanotda va bevosita hujumchi ortida ham faol harakat qila oladi.
Mashhur "Transfermarkt" portali tahlilchilari tomonidan ushbu o'yinchining transfer qiymati hozirgi vaqtda 250 ming evroga baholanmoqda. Takidlash joizki, gruziyalik futbolchi "Nasaf" safiga erkin agent maqomida, yani erkin transfer asosida kelib qo'shildi.
Tomonlar o'rtasidagi bitimga ko'ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar “ajdarlar” sharafini himoya qiladi.



