

O'z vaqtida "burgutlar" safida to'p tepgan Rasul Rahmonov mazkur uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor” bilan kechadigan bahslar har doim muxlislarda katta qiziqish uyg'otib kelgan. Bugun Andijonda haqiqiy futbol bayrami! Ishqibozlar ushbu markaziy uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umid qilamanki, bugungi to'qnashuv ham shiddat va joziba bag'ishlash bo'yicha avvalgilaridan aslo qolishmaydi.
Islom Ahmedov boshchiligidagi jamoamizdan bugun faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz. Andijonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Masalan, Hamidulloni yaxshi bilaman - u juda istedodli yigit. Kecha o'rinbosarlar tarkibida jamoasiga muhim golni taqdim etdi. Umuman olganda, Hamidullo bu yil asosiy tarkib bilan birga ancha o'sishga erishdi.
Bugun barcha andijonlik muxlislar undan gol kutishmoqda. Hamidulloga va "Andijon" jamoasiga bo'lajak muhim o'yinda omad yor bo'lishini tilayman",- deydi Rasul Rahmonov.
Ma'lumot uchun, uchrashuv soat 19:30 da "Bobur Arena"da boshlanadi.



