

Enco Mareska boshchiligidagi ingliz klubi va Kristian Kivu qo'l ostidagi milanliklar o'rtasidagi bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O'yinda hisobni 14-daqiqada Antuan Semenoning uzatmasidan so'ng "Manchester Siti" hujumchisi Divin Mubama ochgan bo'lsa, 20-daqiqada Benjamen Pavar "Inter"ning javob to'pini kiritib, muvozanatni tikladi. Ushbu bellashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibida maydonga tushib, markaziy himoyada harakat qildi va 83-daqiqada sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
G'olibni aniqlash maqsadida o'tkazilgan penaltilar seriyasida esa "Inter" futbolchilari 3:1 hisobida zafar quchishdi. Penaltilar seriyasida Abduqodir Husanov ham nuqtaga yaqinlashdi, biroq uning yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustunining tashqi tarafiga tegib, noaniq ketdi.
Manchester Siti - Inter 1:1 (penaltilar 1:3)
Gollar: Divin Mubama (14, 1:0), Benjamen Pavar (20, 1:1).
Manchester Siti: Janluijji Donnarumma, Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Yoshko Gvardiol (Rayan Makeydu, 46), Stiven Mfuni (Rayan Ait-Nuri, 46), Mateo Kovachich (Vitor Reys, 46), Tijani Reynders, Antuan Semeno (Maxamadu Sangare, 68), Fil Foden (Klaudio Echeverri, 68), Savino (Jeyden Xeski, 78), Divin Mubama (Niko Gonsales, 46).
Inter: Jozep Martines (Ivan Provedel, 61), Karlos Augusto (Mattia Marello, 69), Yann Bissek (Ivan Maye, 78), Benjamen Pavar (Leonardo Noa Bovio, 69), Federiko Dimarko (Mattia Moskoni, 46), Genrix Mxitaryan (Pyotr Zelinski, 46), Aleksander Stankovich (Luka Topalovich, 60), Nikolo Barella (Alessandro Bastoni, 46), Endi Diuf (Luis Enrike, 46), Jamal Idrissu (Davide Frattezi, 46), Franchesko Pio Espozito (Matteo Lavelli, 67).
Ogohlantirishlar: Aleksander Stankovich (55), Abduqodir Husanov (83).



