

58-daqiqada misrlik hujumchi Mostafa Ziko raqib darvozasini ishg'ol qildi va libosini echib nishonladi. Biroq bosh hakam Fransua Letekse videoassistentlar maslahati bilan epizodni ko'rib chiqib, golni bekor qildi – bundan avvalroq Marvan Attia Lisandro Martinesning oyog'ini bosib olgan edi. (Keyinchalik, 67-daqiqada Ziko yana gol urdi va hisob 2:0 ko'rinishiga keldi).
"Bu vaziyat golga jiddiy ta’sir ko'rsatmadi. O'yinchi butun maydonni kesib o'tgan holatda, videoni bu qadar orqaga qaytarish va sekinlashtirilgan tasvirda oyoq bosish sababli qoidabuzarlikni qayd etish – bu nomutanosib qaror.
Bu ochiq-oydin yoki yaqqol ko'rinib turgan xato emas. Agar hakam bu epizodda qoidabuzarlikni o'sha zahoti qayd etganida, bu fol bo'lardi, ammo hakam o'yinni to'xtatmagan bo'lsa, o'sha epizodga qaytishning hojati yo'q", – dedi Burrul.



