Sobiq hakam: "Arzimas oyoq bosish, epizodni qayta ko'rib chiqish kerak emasdi"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 12:15
Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsda (2:3) Misr terma jamoasi hujumchisi Mostafa Zikoning goli bekor qilinganiga o'z munosabatini bildirdi.

"Biz pley-off bosqichi boshidan beri juda tiqilinch VAR tizimini kuzatmoqdamiz. Bu bizga yoqadimi yoki yo'qmi, unga ko'nikishimizga to'g'ri keladi. Bu juda arzimas oyoq bosish holati, VAR falsafasiga ko'ra, bu epizodni qayta ko'rib chiqish emas, balki bosh hakam [Letekse] ning qarori deb baholash kerak edi.

Asosiy muammo shundaki, o'yin qoidalari doimo universal bo'lgan, yani butun dunyoda bir xil. VAR paydo bo'lganidan buyon ushbu instrument yagona mezonsiz ishlatilmoqda, shu sababli o'yinchilar va muxlislar turli turnirlardagi turli xil talqinlar tufayli nima qilarini bilmay, boshi qotib qolmoqda", – dedi Iturralde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As