Argentina murabbiyi Skaloni Misr ustidan qozonilgan g'alabani sharhlab, Messini tilga oldi

8 iyul 2026, 08:40
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 1/8 finalida o'z jamoasi 0:2 hisobidan chiqib, Misrdan ustun kelgan o'yindan so'ng fikr bildirdi

Mutaxassis jamoa hujumchisi Lionel Messini alohida qayd etdi.

"Nima sodir bo'lganini qanday tariflashni ham bilmayman. Men unig xayolidan nimalar o'tayotganini ayta olmayman, u futbolni aynan mana shunday lahzalar uchun o'ynaydi. Messi - futbol fanati, o'yinning haqiqiy ishqibozi va faoliyatining ushbu bosqichida bunday his-tuyg'ularni boshdan kechirish - bu shunchaki aql bovar qilmaydigan darajadagi holat.

Xayriyatki, biz doimo unga hamma narsaga erishganini va oxirigacha har bir lahzadan zavq olishi kerakligini aytardik. Chunki futbolchi faoliyatini yakunlagach, maydonda boshdan kechirganlaridan zavqlanmagani uchun butun umr afsuslanib o'tadi.

Va menimcha, bularning barchasi futbolchilarga ta’sir qiladi, Vatan sharafini himoya qilish - bu o'zgacha tuyg'u va bu juda ko'p his-tuyg'ular bilan bog'liq.

Biroq men shuni takidlaymanki, biz boshdan kechirgan lahzalar unutilmas bo'ldi va keyin nima bo'lishidan qati nazar, men uchun eng yaxshi daqiqalardan biri bo'lib qoladi.

Bu jamoa menga kamdan-kam uchraydigan tuyg'uni taqdim etdi. Barcha vaziyatlar o'ziga qarshi bo'lgan taqdirda ham, taslim bo'lmaydigan biror bir jamoani eslashim qiyin", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq mutaxassis uchrashuvdan so'ng uzr so'rab, mikst-zonadagi flesh-intervyudan ko'zida yosh bilan savollarga javob bermay chiqib ketgan edi.

O'xshash yangiliklar