MYU 50 mln. evroga "Chelsi" futbolchisini sotib olyapti

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 22:33
"Manchester Yunayted" Andrey Santosni "Chelsi"dan sotib oladi.

The Athletic xabariga ko'ra, klublar 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 48 million funtni tashkil etadi, yana 2 million funt bonus sifatida to'lanishi mumkin. Bundan tashqari, London klubi futbolchi qayta sotilgan taqdirda summaning 10 foizini oladi.

Futbolchining o'zi "Yunayted"ga o'tishga rozi bo'ldi. O'tgan APL mavsumida Santos 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic